Jamiyat | 20:04 / 05.08.2017
76638
2 daqiqa o‘qiladi

Kolbasa mahsulotida inson DNKsi aniqlandi

Foto: RIA Novosti

Rossiya Federal ovqatlanish tadqiqot markazi mutaxassislari "Mortadel" korxonasidan ishlab chiqarilgan go‘sht mahsulotida inson DNKsini aniqladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayangan holda "Izvestiya" nashri xabar beradi.

Kolbasa namunalari "Mortadel" korxonasining Moskva viloyati, Nagorniy Pushkinskiy tumanida joylashgan ishlab chiqarish maydonidan topilgan. Gazeta bilan suhbatda bo‘lgan markaz mutaxassisining aytishicha, DNK ikki xil mahsulot turida aniqlangan bo‘lib, "Shohona" kolbasasi va donachali dudlangan kolbasalar o‘rganish uchun laboratoriyaga olib ketilgan.

Shuningdek, tekshiruvchilar o‘tkazilgan taftish maxsus test-tizimida mahsulotning xom tarkibini aniqlashtirib, DNK xususiyatlarini ajratib berishini ta'kidlashdi. Kompaniya saytida aytilishicha, "Mortadel" go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi eng yaxshi 20 ta korxonaning biri hisoblanadi. Bugungi kunda uning zavodida kuniga 100 tonnaga yaqin mahsulot ishlab chiqariladi. Kompaniya rahbariyati ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar tabiiy go‘sht, ziravorlar, tuxum va sutdan foydalangan holda tayyorlanishi aytmoqda.

Mavzuga oid