Jahon | 15:25 / 07.08.2017
8775
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Muhojirlar Ispaniyaning anklav hududiga qarab yugurishmoqda

Dushanba kuni saharda Sahroi-Kabir atrofidagi ko‘plab muhojirlar Marokashdan Ispaniyaga qarab yugura boshladi. Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, ularning manzili Ispaniyaning anklav hududi Seuta shahri bo‘lgan.

Afrikalik migrantlar tez-tez Ispaniya qirolligining shimoliy Afrikadagi ikki anklav - Seuta va Melilla hududlariga «hujum» qilib turishadi. Buning uchun ular 6 m balandlikdagi to‘siq va simtikondan o‘tishi lozim bo‘ladi. Qizil xoch jamiyati tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, 186 nafar muhojir yo‘lda to‘xtatib qolingan, ulardan 4 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Muhojirlar bu bilan Yevropaning boshqa mamlakatlariga yetib olishni ko‘zlaydi. Bunday «shovvozlar» orasida Liviya-Italiya yo‘nalishidan foydalanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Joriy yilning o‘zida jami 7400 nafar kishi shunday «yurish»ni amalga oshirgan.

Mavzuga oid