Fan-texnika | 13:42 / 11.08.2017
5762
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyaning eng yirik aviakompaniyasi Alibaba bilan kelishuvga erishdi

Avstraliyaning eng yirik aviatashuvchisi Qantas va Xitoyning Alibaba kompaniyasi sheriklik haqida kelishuvni imzoladi, u xalqaro turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu haqda «Sinxua» agentligi aviakompaniyadagi manbaga asosan xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, Qantas Alibaba tijorat onlayn-platformasidagi saytlar yordamida chiptalar sotadi. Platformada mobil ilovadan faol tarzda foydalanuvchilar soni 500 million kishidan ortiq.

«Biz Xitoy bozoridagi faoliyatimizni yanada kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz», - deya izoh berdi kelishuvga aviakompaniyaning bosh ijrochi direktori Garet Evans.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi sheriklik tufayli har ikki yo‘nalish – Xitoy va Avstraliyada turizmni yanada rivojlantirish uchun keng istiqbollar ochiladi.

Mavzuga oid