Jahon | 08:12 / 11.08.2017
4131
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelaning 7 mln fuqarosi kiberhujum sababli mobil aloqasiz qoldi

Foto: AP

Venesuelaning fan va texnologiyalar ishlari bo‘yicha vaziri Ugbel Roa Movilnet davlat telekommunikatsiya kompaniyasiga katta ko‘lamli kiberhujum amalga oshirilganini ma'lum qildi.

Uning aytishicha, hujum oqibatida mamlakatning 7 mln fuqarosi, ya'ni kompaniya abonentlarining deyarli yarmi mobil aloqasiz qolgan.

“Joriy chorshanbada Movilnet davlat operatorining ro‘yxatidagi 13 mln foydalanuvchidan 7 mlni aloqasiz qoldi”, deb aytgan vazir.

Roa bunday hujumlarni “terrorchilik harakatlari” deb atadi va ular xorijiy agentlar ko‘magida tizimli ravishda amalga oshirilishini qo‘shimcha qildi. U shuningdek mamlakatning 7 ta shtatida optik-tolali kabelga ataylab shikast yetkazilishining yangi holatlari haqida xabar qildi. 

Mobil aloqa operatoridan tashqari, bir qator hukumat tashkilotlarining saytlari ham kimberhujum obektlariga aylandi. Hujum uchun javobgarlikni Binary Guardians guruhi xakerlari o‘z zimmalariga olganlar.

Mavzuga oid