Jahon | 23:24 / 13.08.2017
17903
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Britaniya qirolichasining taxtni topshirishiga tayyorgarlik boshlandi

Foto: Getty

Buyuk Britaniyaning hukmron doiralarida taxtning uni yarim asrdan ko‘proq egallab kelgan qirolicha Yelizaveta II’dan 69 yoshli o‘g‘li shahzoda Charlzga topshirilishi bo‘yicha hujjatlar tayyorlash boshlandi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Nashrning qirolicha oilasidagi manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, qirolicha taxtdan voz kechishga tayyorligini bildirgan, biroq buni faqat 4 yildan keyingina, 95 yoshga to‘lganda amalga oshirmoqchiligini aytgan. Ungacha u qirollikni mustaqil ravishda boshqarish uchun kuch va o‘ziga ishonchni his qilmoqda.

“Oliya hazratlari o‘zlarining yoshlarini e'tiborga olib, vaqti-soati kelganda taxtni topshirish muammosiz o‘tishiga ishonchi komil bo‘lishni istaydi”, deb aytgan manbalardan biri.

Yelizaveta II taxtga 1953 yilda o‘tirgan. Ayni vaqtda u Yevropaning eng uzoq hukmronlik qilayotgan monarxi hisoblanadi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Charlz joriy yilda 69 yoshga kiradi va u mamlakatni boshqarishda ishtirok etmagan. 

Mavzuga oid