Jahon | 08:19 / 14.08.2017
5776
2 daqiqa o‘qiladi

Burkina-Fasodagi kafega uyushtirilgan xurujda 17 kishi qurbon bo‘ldi

Burkina Fasodagi kafelardan biriga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi. RFI radiosining Afrikadagi sho‘'basi mamlakat aloqa vaziri Remi Danjinuga asoslangan holda shu haqda xabar qilmoqda.

Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning fuqaroligiga aniqlik kiritilmagan. Danjinuga ko‘ra, ular "turli millat vakillaridir", deya xabar qilmoqda radio.

Bundan tashqari, vazir hukumat tergov ishlarini boshlaganini ma'lum qilgan. Xavfsizlik kuchlari mamlakat aholisini xotirjamlikka chaqirib, ushbu hududdan yiroq yurishni tavsiya qilgan. 

Avvalroq, 3 kishi, shu jumladan Turkiya fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

Xabarlarga ko‘ra, 3 nafar qurollangan erkak kishi "Istanbul" kafesiga mashinada kelib, kafedagilarga qarata o‘q uza boshlagan. Shundan so‘ng, armiya jinoyatchilarga qarshi hujumni boshlagan, o‘rtada otishma ro‘y bergan. 

Mavzuga oid