Sport | 19:24 / 14.08.2017
45331
2 daqiqa o‘qiladi

Ronalduga hakamni turtgani uchun jazo belgilandi

Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi harakati bo‘yicha jazo belgiladi.

O‘yinning 82-daqiqasida o‘yin bosh hakami Rikardo Bengoechea 32 yoshli portugaliyalik futbolchi katalonlar jarima maydonida simulyatsiya qilgach unga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatgandi. Bu vaziyatda Ronaldu arbitrni turtgan, bu holatni hakam o‘yin protokoliga kiritgandi.

RFEF Ronalduni agressiv harakatda ayblagan va unga diskvalifikatsiya qo‘llagan: u hakamni turtgani uchun 4 o‘yinga, qizil kartochka uchun 1 o‘yinga chetlatishgan.

Bu diskvalifikatsiya Ispaniya chempionati o‘yinlariga ham taalluqli bo‘ladi. Ronaldu endi «Barselona»ga qarshi javob uchrashuvini va Ispaniya chempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad» jamoalariga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Mavzuga oid