Jamiyat | 10:21 / 16.08.2017
23465
5 daqiqa o‘qiladi

Parvoz qilishni istaysizmi? Toshkentdagi birinchi batut markaziga marhamat!

Miriqib hordiq chiqarishni va tanangizni "xursand" qiluvchi foydali mashg‘ulot bilan shug‘ullanishni istaysizmi? Qo‘rquvni yengib, "O‘rgimchak odam", "Betmen" kabi parvoz qilishnichi? U holda sizlarni Toshkentda o‘z faoliyatini boshlagan ajoyib batut markazi - IFly kutib qoladi. 

Batut o‘zi nima? 

Batut fransuzcha "batoude" - "zarba" so‘zidan olingan bo‘lib, sakrash uchun moslangan qurilmadir.

IFly - Toshkentda ochilgan birinchi  batut markazlari bo‘lib, bu yerda yoshidan qat'i nazar har bir inson o‘z vaqtini maroqli va unutilmas o‘tkazishi kafolatlanadi. 

Foydali va quvnoq mashg‘ulot

Batutda sakrash eng quvnoq va foydali mashg‘ulotlardan biri bo‘lib, u qomatni ideal shaklga kelishi va mushaklarni to‘g‘ri harakatlanishiga yordam beradi. Bu sport turi insonga ko‘tarinki kayfiyat, tetiklik bag‘ishlaydi. Shuningdek, batutda sakrash inson tanasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi olimlar tomonidan ham isbotlangan. 

Batutning foydali jihatlari

* Organizmdagi qon aylanishini yaxshilaydi
* Ozishga yordam beradi
* Bo‘g‘imlar moslashuvchanligi ortadi
* Mushaklarni mustahkamlaydi
* Inson ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi
* Qon bosimni normal holatga keltiradi

Toshkentdagi birinchi batut markazi

2017 yil 14 yanvar kuni  Integro majmuasida Toshkentdagi birinchi IFly batut markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markazda 13ta butut moslamalari, yumshoq kubikli basseyn, basketbol halqalari joylashgan. 

Professional trenerlar tashrif buyurganlarga batutda sakrash, tryuklar bajarish va gavdani to‘g‘ri tutish qoidalarini o‘rgatishadi. 

Markazda dam olish, shug‘ullanish bilan birgalikda turli tadbirlar, tug‘ilgan kun, jamoaviy timbildinglarni o‘tkazish imkoniyati bor. Shuningdek, bu yerda mini-kafe ham tashkil etilgan.

Yangi filial

19 iyul kuni ochilgan yangi filialda kattalar va bolalar uchun mo‘ljallangan 26ta batutlar o‘rnatilgan. Bu yerda professionallar ham, havaskorlar ham batut bilan shug‘ullanib, turli akrobatik tryuklarni amalga oshirishlari mumkin.  

600 kvadrat metrli yangi filialda quyidagi qulaylik mavjud: 

* Veykbord va snoubord ishqibozlari uchun uskunalar
* Egilgan va gorizontal batutlar
* Basketbol maydoni
* Qoyaga ko‘tarilish devorlari
* Dush xonalari 

Belgilangan qoidalar 

Batut maydoniga kirishda mehmonlar so‘rovnomasini to‘ldirish kerak bo‘ladi. Unda barcha kerakli qoidalar ko‘rsatib o‘tilgan:

1. Batutga metall qismlarsiz bo‘lgan faqatgina qulay kiyimlarda kirishga ruxsat etiladi.
2. O‘zingiz bilan albatta almashtiriluvchi paypoqlar keltirshingiz lozim.
3. Trener bilan mashq qilingandan so‘nggina sakrash mumkin.
4. Bitta batutda faqatgina BIR kishi sakrashi mumkin .
5. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqatgina ota-ona hamrohligida batutga kirishi mumkin. 
6. 14 yoshgacha bo‘lgan mijozlar batutga kuzatuvchi yaqinlarisiz kiritilmaydi. 
7. 14-18 yoshdagi tashrif buyuruvchilar ota-onalaridan yozma ruxsatnoma olib kelishlari shart.  
8. Spirtli ichimliklar iste'mol qilgan shaxslarning batutda sakrashi mumkin emas.
9. Sakrayotgan vaqtda og‘izda saqich, shirinlik, suyuqlik va boshqa narsalar bo‘lishi ta'qiqlanadi.  
10. Homilador ayollarga batutda sakrash man etiladi.

1. IFly markazi: 

Manzil: Bunyodkor shox ko‘chasi, 52
Mo‘ljal: Integro SM
Telefon: (+99871) 276-43-43

2. IFly markazining filiali:

Manzil: Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 41/6 
Mo‘ljal: Arena sport majmuasi 
Telefon: 231-92-00

IFly batut markazining yangiliklari, turli aksiya va tanlovlar haqida ijtimoy tarmoqlar orqali kuzatib boring:
Facebook: fb.com/ifly.uz
Telegram: https://t.me/iflybatut
Instagram: https://www.instagram.com/ifly.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid