Fan-texnika | 15:53 / 17.08.2017
7537
2 daqiqa o‘qiladi

"Odnoklassniki" kayfiyat ulashuvchi servisini ishga tushirdi

"Odnoklassniki" (OK) ijtimoiy tarmog‘i "Nastroyeniya" ("Kayfiyatlar") servisini ishga tushirdi. Foydalanuvchilar yangi funksiya yordamida do‘stlariga kayfiyat ulashish imkoniga ega bo‘lishadi. Kompaniya xodimlari postlarning yangi formatini namoyish qilishdi. 

"Odnoklassniki"ning "Nastroyeniya" servisi foydalanuvchilarga o‘z sahifasi lentasida yorqin fon va shunga muvofiq matnli status bilan bo‘lishish imkonini beradi. Shuningdek servis ishlab chiqaruvchilari yirik shriftli yangi yozuv turini namoyish qilishdi. 

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangiliklardan keyin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining post yozishi faollashgan. Profillar egalari maxsus belgilar, masalan, "Schastliv" ("Baxtliman"), "Skuchayu" ("Sog‘inyapman"), "Xochu podarkov" ("Sovg‘a xohlayman") yoki "Prazdnuyu" ("Nishonlayapman") kabilarga bosib, o‘z kayfiyatiga doir ma'lumotlar bilan bo‘lishishlari mumkin.

"Nastroyeniya" servisidan saytning mobil va desktop versiyalarida foydalanish mumkin. Tez orada yangi funksiya OK'ning Android va iOS operatsion platformalaridagi ilovasida ham paydo bo‘lishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid