Fotoreportaj: Farg‘ona viloyatida noqonuniy chiqindixonalarga barham berilmoqda
Farg‘ona viloyatida 15 avgustdan boshlangan “10 kunlik ekologik shanbalik” viloyatning shahar va tumanlarida qizg‘in davom etmoqda. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, viloyat bo‘ylab aniqlangan noqonuniy chiqindixonalarga barham berish, barcha chiqindi yig‘ish shoxobchalarini grafikdan tashqari to‘liq toza holatga keltirish, aholi o‘rtasida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish hamda O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish nazarda tutilgan.
Tadbir viloyat hokimligining tushubbusi bilan, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, boshqarma tizimidagi Chiqindilarni nazorat qilish inspeksiyasi va “Toza hudud” DUKning qariyb 250 nafar xodimi hamda 80 dan ortiq maxsus chiqindi tashish texnikasi va yuklovchi transportlari jalb etilgan.
Hasharda tuman hokimliklari, “Mahalla” hayriya jamoat fondi bo‘limlari, tuman Sanitariya epidemiologiya bo‘limlari, Yoshlar ittifoqi hamda Mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari faol ishtirok etmoqda.
Tadbirlarda hududlardadagi barcha mahalla va ko‘chalar, ko‘p qavatli uylarning atroflari, maktab, kasalxona va qabristonlar qamrab olingan. Aniqlangan noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish bilan birga, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qabul qilingan hukumat qarorlari, qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida keng jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish, targ‘ibot ishlar olib borilmoqda.
“Tadbirdan ko‘zlangan yana bir asosiy maqsadimiz, Mustaqilligimizning 26 yillik bayrami oldidan shahar va qishloqlarimizni, ko‘cha va hovlilarimizni o‘z kuchimiz hamda texnikalarimiz bilan hamyurtlarimizga bayram tuhfasi sifatida beminnat toza holga keltirish”, - deydi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining mas'ul xodimi.
O‘tgan to‘rt kun davomida viloyatning Quva, Beshariq, Toshloq, Furqat, O‘zbekiston, Farg‘ona, Dang‘ara va Qo‘shtepa tumanlarida ana shunday ommaviy hasharlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
16:56 / 20.12.2024