Jahon | 07:56 / 20.08.2017
6242
1 daqiqa o‘qiladi

Marokash qiroli terrorchilik uchun sudlangan 415 kishini afv etdi

Marokash qiroli Muhammad VI. Foto: Reuters

Marokash qiroli Muhammad VI inqilobning 64 yilligi munosabati bilan terrorchilik faoliyatida aybdor deb topilgan va axloq-tuzatish muassasalarida jazo o‘tayotgan 415 kishini afv etishga qaror qildi. Bu haqda Marokash adliya vazirligi ma'lum qildi.

Yana bir mahbusga berilgan o‘lim jazosi 30 yillik qamoq jazosi bilan almashtirilgan. Ozodlikka chiqadiganlar orasida 2003 yil Kasablankada amalga oshirilgan teraktlarga aloqador bo‘lganlar ham bor. O‘shanda shaharning bir nechta tumanlarida 5 ta portlash sodir etilgan. Hujumlarga ispan restorani, yahudiylar jamoat markazi va besh yulduzli mehmonxona uchragandi. Hujumlar oqibatida 45 kishi, jumladan 13 terrorchi halok bo‘lgan.

Ushbu afv etishga Ispaniya va Finlyandiyada marokashliklar tomondan bir necha teraktlar amalga oshirilgandan keyin qaror qilindi.

Mavzuga oid