O‘zbekiston | 16:25 / 23.08.2017
21826
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy Majlis Senatiga ikki yangi a'zo qabul qilindi

22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi.

Majlisda Andijon va Jizzax viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari saylovi bo‘yicha 2017 yil 21 avgust kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Sodiqjon Turdiyev hamda Muhammad Jumagaldiyevni Oliy Majlis Senati a'zolari etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Sodiqjon Turdiyev O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijro qo‘mitasi raisi va O‘zbekiston fermerlar kengashi rahbarligidan ketib, Andijon viloyati Jalaquduq tumaniga rahbar etib tayinlangandi.

Muhammad Jumagaldiyev esa 2010 yilga qadar «Xalq banki»da rais bo‘lgan.

Mavzuga oid