Jahon | 15:22 / 24.08.2017
5467
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish taklifi bilan chiqdi

Foto: AP

Qozog‘iston BMT Xavfsizlik Kengashini isloh etish tarafdori, deya ma'lum qildi respublika tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ostona Xavfsizlik kengashi tarkibini “son va sifat jihatidan” kengaytirish, uning ish uslublarini takomillashtirish va Bosh assambleya hamda Xavfsizlik Kengashi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlashni taklif qilmoqda.

"Bu Xavfsizlik Kengashi ishining shaffofligi, uning qarorlari samadorligini oshirish imkonini berardi", - degan Abdrahmanov “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston BMTning ko‘plab a'zo davlatlarining “Xavfsizlik Kengashi hozirgi ko‘rinishida bizning dunyodagi haqiqiy vaziyatni aks ettirmayotgani” haqidagi fikriga qo‘shiladi.

"Shuni ta'kidlab o‘tishimiz kerakki, turli pozitsiyalarni o‘zaro muvofiqlashtirish qanchalik murakkab bo‘lmasin, Xavfsizlik Kengashining yangi shakli qanday bo‘lishidan qat'i nazar, u o‘ziga BMT Nizomi bilan yuklangan vazifalarni bajarish chog‘ida faol va samarali ishlashi hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun bosh mas'uliyatni olishi kerak", - deya ta'kidlab o‘tdi Abdrahmanov.

Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, islohot o‘zaro tushunish asosida amalga oshirilishi kerak hamda tashkilotga barcha a'zo davlatlarning talablariga javob berishi lozim. 

Mavzuga oid