Jamiyat | 08:02 / 25.08.2017
11116
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda rekord lotereya yutug‘ini qo‘lga kiritgan kishining kimligi ma'lum bo‘ldi
Amerikaning Massachusets shtatida tibbiy xodima bo‘lib ishlaydigan, ikki farzandning onasi Mevis Uonchik Powerball lotereyasining rekord miqdordagi 758 mln dollarlik yutug‘ini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda CNN.
CNN ma'lumotiga ko‘ra, 53 yoshli ayol ishga qaytmasligi haqida rahbariyatini ogohlantirgan.
Uonchik bir martalik 480 mln dollarlik pulni qo‘lga kiritadi, aniqrog‘i soliqlarni hisoblaganda 336 mln egasiga aylanadi.
Bundan avval, AQSh Powerball lotereyasining rekord miqdor 758 mln dollarlik jyekpotigi yutuq chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04