O‘zbekiston | 19:20 / 25.08.2017
7469
1 daqiqa o‘qiladi

IIChB boshqarmasining 2 ta mintaqalararo davlat inspeksiyasi qayta tashkil etildi

Foto: Norma.uz

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2017 yildagi 633-son qarori bilan Madaniyat vazirligi Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Xususan, faoliyat ko‘rsatayotgan 2 ta mintaqalararo davlat inspeksiyasi ajratildi (quyidagi jadvalga qarang). Yangidan tashkil etilgan bo‘linmalar qayta tashkil etilgan mintaqalararo davlat inspeksiyalarining o‘ziga tegishli qismi yuzasidan barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Mavzuga oid