Jahon | 07:56 / 25.08.2017
7960
1 daqiqa o‘qiladi

Texasga “Xarvi” to‘foni yaqinlashmoqda

Foto: CCO

“Xarvi” tropik sikloni to‘fonga aylanib, AQShning Texas shtati sohillariga yaqinlashmoqda. Bu haqda AQShning to‘fonlarni o‘rganish milliy markaziga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

“Xarvi” markazi Port OʼKonnor shahridan 480 km uzoqlikda joylashgan. To‘fon shamolining qayd qilingan maksimal tezligi 140 km/soatni tashkil qilgan.

To‘fon Texasga 25 avgust kechki payt yetib keladi. Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, hududda kuchli yomg‘irlar, toshqinlar va kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Texas gubernatori Greg Ebbott to‘fonning yaqinlashishi sababli 30 ta okrugda tabiiy ofat tartibini e'lon qilgandi. 

Mavzuga oid