Jamiyat | 10:40 / 26.08.2017
42976
1 daqiqa o‘qiladi

Arnold Shvartsenegger kasalmand o‘smirni o‘z tankida sayr qildirdi

Foto: YouTube/Make-A-Wish America

Amerikalik aktyor, siyosatchi va tadbirkor, 70 yoshli Arnold Shvartsenegger og‘ir irsiy kasallikdan aziyat chekuvchi 15 yoshli muxlisi Logan Dekerning orzusini ro‘yobga chiqarib, u bilan uchrashdi. Uchrashuv og‘ir kasalliklarga chalingan bolalar orzulari amalga oshishida yordam beruvchi Make-A-Wish (Tilagingni tila) jamg‘armasi shiori ostida o‘tdi. 

Aktyor o‘smir bilan suhbatlashib, uning futbolkasiga dastxatini qo‘ydi. Biroq bu uchrashuvdagi eng esda qoluvchi lahza aktyor shaxsiy tanki M47 Patton’da o‘smirni sayr qildirgani bo‘ldi. Aktyor bu tankni 2002 yilda Avstriya hukumatidan 1,4 mln dollarga sotib olgan. Arni tankida yurish uchun o‘zining Kaliforniyadagi ranchosida hattoki maxsus yo‘l qurdirgan.

Mavzuga oid