Sport | 23:51 / 26.08.2017
5447
2 daqiqa o‘qiladi

«Borussiya» «Herta»ni yengdi, Obameyang yana gol urdi

Dortmundning «Borussiya» klubi Bundesliganing ikkinchi turida «Herta»bilan o‘ynadi. Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 15-daqiqasida Per-Emerik Obameyang Nuri Shahinning pasini golga aylantirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu gabonlik futbolchining yangi mavsumdagi to‘rt o‘yinda qatorasiga gol urishi bo‘ldi.

O‘yin davomida Shahinning o‘zi ham gol urdi va dortmundliklarning ishonchli g‘alabasini ta'minladi.

«Borussiya» endilikda 6 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida «Bavariya» hamda «Hamburg» qatorida peshqadam bo‘lib turibd. «Herta» faqat 3 ochkoga ega.

Germaniya chempionati, 2-tur
Borussiya D – Herta 2:0 

Gollar: 1:0 – 15 Obameyang, 2:0 – 57 Shahin.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos (Toprak, 40), Zagadu, Pishchek, Bartra, Gettse (Kagava, 63), Shaxin, Pulishich, Kastro, Filipp (Daud, 80), Obameyang.
Herta –  Yarsteyn, Shtark, Rekik, Langkamp, Vayzer, Lekki, Shelbred, Darida, Plattenxardt, Ibishevich (Essvayn, 58), Kalu (Xaraguti, 58).
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (30), Plattenxardt (66).

Mavzuga oid