Light | 18:10 / 27.08.2017
7383
2 daqiqa o‘qiladi

BAAning federal trassalarida "smayl"lar paydo bo‘ldi

BAAning Sheikh Mohamed bin Zayed Road yo‘li bo‘ylab shimol tomon harakatlanuvchi barcha haydovchilarni katta uch smayl yoki, zamonaviy tilda aytganda "emodzi"lar qarshi olmoqda. Bu haqida Khaleej Times'da xabar berildi

Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash uchun uch xil  - arab, ingliz va urdu tillaridagi yozuvlar aks etgan bo‘lib, ular haydovchilarni ehtiyotkorlikka chorlaydi. 

Foto: khaleejtimes.com

Infratuzilma va taraqqiyot vazirligi shu original loyiha yordamida haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligidan boxabarlik darajasini oshirmoqchi. Tez orada mamlakatning boshqa federal yo‘llarida ham yanada ko‘p "emodzi"lar paydo bo‘ladi. 

Tashabbus yo‘l harakati ishtirokchilari orasida qoniqish hissini oshirishga yo‘naltirilgan va vazirlikka xabar qoldirishni istagan taqdirlarida 80088889 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishga undaydi.

Vazirlikning Yo‘llar bo‘yicha departamenti direktori Ahmad Al-Hammodiyning aytishicha, tashabbusdan maqsad - BAA aholisini yanada baxtli qilish va ularni munosib turmush sharoitlari bilan ta'minlash. 

Foto: khaleejtimes.com

Mavzuga oid