Light | 22:45 / 27.08.2017
25968
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng baland kuzatuv platformalari (fotojamlanma)

Balandlikdan qo‘rqmaysizmi? Daraxtning eng tepasida turib, qo‘rqmay pastga qaray olasizmi? Balandlikdan qo‘rqish yo qo‘rqmasligingizni dunyoning eng baland va xavfli kuzatuv platformalarida sinab ko‘rishga nima deysiz? Ularning aksariyatidagi shisha pollar esa qiziquvchan sayyohlarga yuzlab metr balandlikni naq oyoqlari ostida kuzatish imkonini beradi. Tabiiyki, bunday balandlikka ko‘tarilishga hamma ham jazm qila olmaydi, biroq shuni ham inobatga olish joizki, bunday joylardagi har bir nuqta barcha xavfsizlik vositalari bilan ta'minlangan. Eng yuqoriga ko‘tarilishga jazm qilganlarga Alp manzaralari, sharqiy megapolis va hatto ulkan Grand-Kanon ham tabiatning mayda ermagidek ko‘rinishi mumkin. Don't Panic dunyoning eng qo‘rqinchli va shu bilan birga noyob kuzatuv maydonlariga oid ma'lumotlar bilan tanishtirdi.

Skywalk 2

Foto:dnpmag.com

«Skywalk 2»ning kuzatuv cho‘qqisidan vodiylar va muzliklarning misli ko‘rilmagan manzaralariga guvoh bo‘lish mumkin. Bu kuzatuv maydonida uzoq turishning iloji yo‘q - shamol va sayyohlar oqimi bunga to‘sqinlik qiladi. Shunga qaramay, u dunyodagi eng qiziq kuzatuv nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Skywalk 2, mintaqaning o‘rmon massivlari manzarasi

Foto:dnpmag.com

 Uillis-Tauer

Foto:dnpmag.com

Chikagodagi Uillis-Tauer kuzatuv maydonlari butun dunyoga mashhur. Bu yerda shahar ko‘chalaridan 1353 fut yuqoriga ko‘tarilish mumkin.

Uillis-Tauer

Foto:dnpmag.com

Maydonni ziyorat qilish vaqti har bir sayyohlik guruhi uchun chegaralangan: bunday qoida joriy qilinishida maydonning eng yuqori qavatlaridan biriga son-sanoqsiz sayyohlar oralab chiqishga majbur bo‘lgan mahalliy o‘t o‘chiruvchilar jamoasi oyoq tirab turib olgan.

Shanxay jahon moliyaviy markazi

Foto:dnpmag.com

Shanxay jahon moliyaviy markazi — ro‘yxatimizdagi eng baland kuzatuv maydoniga ega bo‘lgan inshoot. Bu yerdan shahar va buxtaning mutlaqo epik manzarasi ochiladi. U Xitoyga kelgan sayyohlarning tashriflar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.

Shanxay jahon moliyaviy markazi

Foto:dnpmag.com

Platformaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tiladigan shisha ko‘prigi alohida e'tiborga loyiq.

CN Tower

Foto:dnpmag.com

CN Tower minorasi Shimoliy Amerikaning eng baland binoralaridan biri sifatida mashhur. CN Tower Torontodagi boshqa binolardan balandda bo‘lib, shahar uzra "yakka hukmronlik" qilib keladi.

CN Tower

Foto:dnpmag.com

Bu yerga kelgan ekskursiyachilar kamar bilan mahkamlanib, hech qanday devor bilan to‘silmagan cho‘qqining chekkasida turish imkoniga ega bo‘lishadi. Qo‘rqinchlimi deysizmi? Qo‘rqinchli bo‘lganda qandoq!

Grand-Kanon

Foto:dnpmag.com

Mashhur Grand-Kanon ustidagi kuzatuv maydonining dizayni Skywalk muzligidagi platformani yodga soladi.

Grand-Kanon 

Foto:dnpmag.com

Katta yarim doira shaklidagi platforma ham shisha polga ega bo‘lib, u hatto bir necha kilometr balandlikda ham vahima uyg‘otmay, sifatli xarita suratini yodga soladi.

Daxshtayn

Foto:dnpmag.com

Ro‘yxatning oxiriga Alpdagi Daxshtayn kuzatuv maydonini qo‘shishga qaror qilindi. Ushbu kuzatuv maydoni ziyoratchilarga "Muz saroyi" deb nomlangan dunyodagi eng noyob muzliklar manzarasini kashf etadi. Bu platforma, shubhasiz, dunyoning eng go‘zal va unutilmas joylaridan biri bo‘lib, u yerni ko‘rmaslik sayyoh uchun katta yo‘qotishga teng.

Mavzuga oid