Jahon | 23:33 / 27.08.2017
8673
1 daqiqa o‘qiladi

«Xarvi» dovuli Xyustonni to‘liq qamrab oldi

Foto: Adrees Latif

Xyuston meri Silvester Terner «Xarvi» dovuli sabab shaharda suv toshqini kuzatilayotganini ma'lum qildi. Reuters shu haqida xabar berdi. 

Shahar rahbari shuningdek maxsus xizmatlar insonlarni qutqarish uchun 40 qayiqni jalb qilganini ta'kidladi. 

Manbaga ko‘ra, falokatga yo‘liqqan shaxslardan umumiy hisobda 2 mingga yaqin qo‘ng‘iroq qabul qilingan.

«Ko‘chaga chiqmang. Dovul tugadi deb o‘ylamang», — dedi Terner.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Amerikaning Texas shtatida kuzatilayotgan «Xarvi» dovuli qurbonlari soni 5 kishiga yetgan. 

Mavzuga oid