Luizianaga «Harvi» tropik po‘rtanasi yopirildi
«Harvi» tropik po‘rtanasi Amerikaning Luiziana shtatiga yetib keldi. Bu haqda AQSh dovullar haqida ogohlantirish Milliy markazi xabar bermoqda.
Ayni damda po‘rtana Kameron okrugi hududi ustidan o‘tayotgani aytildi. Ta'kidlanishicha, shamol tezligi soatiga 72 kilometrga yetishi mumkin.
Associated Press’ning xabar berishicha, keyinchalik tropik po‘rtana Arkanzas, Tennessi va Missuri shtatlariga ham yetib borishi mumkin.
Texas shtatiga to‘rtinchi toifadagi «Harvi» dovuli bir necha kun avval yopirilgan edi. Keyinchalik u kuchsizlanib, tropik po‘rtanaga aylandi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Luiziana shtatida «Harvi» tropik po‘rtanasi tufayli favqulodda holat rejimini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024