O‘zbekiston | 13:52 / 31.08.2017
11344
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berishning yangi tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berishning yangi tartibi belgilanadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2919, 2017 yil 28 avgust) hamda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2920, 2017 yil 28 avgust) tasdiqlandi.

Ularga ko‘ra, endilikda davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berish bosqichma-bosqich xodimning egallab turgan lavozimi va mehnat stajiga muvofiq, shuningdek, uning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

 

Mavzuga oid