Jahon | 18:44 / 01.09.2017
7895
1 daqiqa o‘qiladi

Ayol hayvonot bog‘iga 22 mln dollar xayriya qildi

Foto: ksta.de

AQSh fuqarosi Elizabet Rayhert Germaniyaning Kyoln shahri hayvonot bog‘iga 22 mln dollar mablag‘ni xayriya qildi. Bu haqda Koelner Stadt-Anzeiger gazetasi xabar bergan.

Rayhertlar oilasi Germaniyadan Qo‘shma Shtatlarga Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ko‘chib ketgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Elizabet hayvonot bog‘i direktoriga xayriya haqida elektron maktub yo‘llagan. Keyinchalik 93 yoshli Elizabet bog‘ning bankdagi hisob raqamiga har oyda 6 ming yevrodan pul o‘tkazib turgan.

Elizabetning tushuntirishicha, hayvonot bog‘iga mablag‘ yuborish haqidagi g‘oya 1998 yilda vafot etgan turmush o‘rtog‘i Arnulfga tegishli bo‘lgan. Ayolning aytishicha, Kyoln uchun hayvonot bog‘i Kyoln ibodatxonasi kabi mashhur joydir. "Umid qilamanki, Kyolnga bu yoqadi... Biz uni hech qachon unutmaganmiz", - deya ta'kidlab o‘tdi ayol.

Mavzuga oid