Jamiyat | 19:39 / 01.09.2017
18490
3 daqiqa o‘qiladi

Kelajakda qotil kishini tarbiyalaydigan onalarning uch tasnifi

Birminghem Universiteti Amaliy kriminalogiya markazi direktori Elizabet Yardli uzoq yillik tadqiqotlardan so‘ng, farzand tarbiyasida e'tiborsiz bo‘lib, kelajakda undan qotil kishi chiqishiga zamin yaratib beruvchi onalarning uch xil tasnifini e'lon qildi. Uning fikricha, bunday volidalar anit-ona, Uber-ona va passiv ona turlari bilan tavsiflanadi, deb yozadi Huffington Post.

Anti-ona

Bu turkumga kiruvchi onalar o‘zi tarbiyalangan oilada ko‘plab qiynoq va sitamlarga duchor bo‘lgan, jamiyatda kamsitilgan bo‘ladi. Unga qilingan qo‘pol muomala va e'tiborsizlik ayol kishining psixologiyasini jarohatlaydi. Ammo, hamma ona ham boshdan kechirgan qiyinchiligini farzandiga ravo ko‘rmaydi.

"Shunga qaramasdan, anti-ona turkumidagilar siklni davom ettiradi, ya'ni olgan azoblarini bilvosita alamini boladan olishga harakat qiladi. Baxtsiz bolalik o‘tmishi uni ta'qib qilaveradi. Natijada, jamiyat navbatdagi psixo jarohatlar bilan ulg‘aygan kishilarga to‘lib boraveradi”, deydi Elizabet.

Tadqiqotchi misol tariqasida Fred Uestning hayotida bo‘lib o‘tgan hodisalarni so‘zlab beradi. Uning aytishicha, Fredning otasi o‘z qizini zo‘rlagan, onasi esa unga doim qo‘pol munosabatda bo‘lib, so‘kib turgan. Oqibatda, ulg‘aygan Fred ham o‘z qizini zo‘rlashdek otasining xatosini qaytardi.

Uber-ona

Uber-ona bolasining har bir qadamini kuzatib, harakatlari uchun hisobot talab qiladi. Balki uning o‘zini bunday tutishiga yoshlikda yetishmovchilikda o‘sgani, etnik qadriyatlar, nikohsiz tug‘ilish omillari ta'sir etgan bo‘lishi haqiqatga yaqin.

"Uber-ona farzandi o‘ta ehtiyot qilishga harakat qiladi, bolaning tashqi olam bilan qilishi mumkin bo‘lgan barcha munosabatlarini to‘liq nazoratda ushlab turishni xohlaydi. Vaqt o‘tishi bilan farzandining tajovuzkor insonga aylanib borayotganidan esa volidaning xabari bo‘lmaydi”, deb fikr bildiradi tadqiqotchi.

Onasining qaramog‘ida tarbiyalagan Garold Shipman ayolning kasallik chog‘larida ham yonida bo‘ldi. Unga qilinayotgan morfin ukolidan taassufga tushgan Garold, darmon me'yorini ko‘paytirib, onasidan alamini shu tariqa oldi. Kelajakda shifokor bo‘lib yetishgan Shipman, shu tarzda yana 250 nafar bemorning joniga qasd qildi.

Passiv ona

Uchinchi tasnifdagi onalar jamoatchilik fikri va ma'naviy chegaralar bilan ishi yo‘q. U shunchaki jamiyatning yana bitta a'zosi ulg‘aytiradi, alohida yorqin shaxsni emas. Farzandining har qanday chegarani bosib o‘tishiga jim qarab turgan, eng muhimi qo‘l qovushtirib turgan bunda onalar eng xavfli va ashaddiy qotilning volidasi bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid