Fan-texnika | 20:56 / 01.09.2017
9909
2 daqiqa o‘qiladi

KFC restoranlarida buyurtmaga haqni tabassum bilan to‘lash yo‘lga qo‘yildi

Foto: Getty Images

Xitoyda KFC restoranida yuzni tanish (smile-to-pay) yordamida buyurtmalarga haq to‘lashga imkon beruvchi avtomatlar paydo bo‘ldi. Yangi texnologiyani Alibaba kompaniyasi tatbiq qilgan.

KFC’ning Xanchjoudagi restoranida o‘rnatilgan maxsus avtomatlar Alipay to‘lov tizimi mijozlariga buyurtma uchun to‘lovni bank kartasi, smartfon yoki boshqa gadjyetlarsiz amalga oshirish imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchi o‘z telefon raqamini kiritib, kameraga tabassum qilish yetarli bo‘ladi.

Ushbu texnologiyani yaratgan Ant Financial kompaniyasi vakillarining aytishicha, avtomatga foydalanuvchini tanish uchun bir necha soniya kifoya qiladi. Bunda kartmon egasining fotosuratini ko‘rsatgan holda avtomatni aldab bo‘lmaydi, chunki u shaxsni tasdiqlash uchun ko‘plab omillarni hisobga oladi.

 

Mavzuga oid