Sport | 10:26 / 03.09.2017
6452
1 daqiqa o‘qiladi

“Harvi” dovuli qurbonlari soni 44 kishiga yetdi

Foto: CCN News

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShga yopirilgan “Harvi” dovuli oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, dovul Texas shtatiga yopirilgandan 8 kun o‘tdi. Qutqaruvchilar esa hamon bedarak yo‘qolganlarni qidirish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlarini olib borishmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp “Harvi”dan aziyat chekkan Texasni tiklash va qaytadan vujudga keltirishga va'da bergandi.

Mavzuga oid