O‘zbekiston | 21:34 / 04.09.2017
141957
1 daqiqa o‘qiladi

Rasman: 1 dollar 8100 so‘m

Foto: «O‘zbekiston24»

O‘zbekistonda ertadan 1 AQSh dollari 8100 so‘mga teng bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 5 sentabr sanasidan kuchga kiradigan yangi qiymatlarini e'lon qildi.

Yangi kursga ko‘ra, 1 dollarning qiymati 8100 so‘mni tashkil qilmoqda. Dollar o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 3889 so‘m 65 tiyinga qimmatladi.

1 yevro qiymati 4678,6 so‘mga oshib, 9645 so‘m 48 tiyinga yetdi.

1 Rossiya rubli 139,91 so‘m etib belgilandi, bu o‘tgan haftaga nisbatan 68,73 so‘mga ko‘p. 

Eslatib o‘tamiz, 3 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177 sonli farmoni imzolandi va bu farmon 5 sentabrdan kuchga kirishi ma'lum qilindi.

Mavzuga oid