O‘zbekiston | 08:30 / 05.09.2017
203332
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan avtomobillari narxini so‘mga o‘tkazdi

GM Uzbekistan AJ o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillarini O‘zbekiston hududida to‘liq milliy valyutada sota boshlaydi. Kompaniya rahbariyati O‘zbekiston Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177 sonli farmoni ijrosi yuzasidan shunday qaror qabul qilgan. Kompaniya o‘z saytida shu haqda ma'lum qilmoqda

Avtomobil narxlari 2017 yil 4 sentabrgacha Markaziy bankning dollarga nisbatan kursi bo‘yicha belgilangan qiymati mutanosib ravishda qayd qilingan. 5 sentabrdan Markaziy bank tomonidan dollar kursi 8100 so‘mligi e'tiborga olinsa, avtomobillarning dollardagi qiymati tushganiga guvoh bo‘lish mumkin. 

Endilikda,

Spark LT A/T rusumli avtomobil narxi 9.143,73 AQSh dollariga teng.

Nexia 3 LTZ A/T - 10.614,76 (AQSh dollari);

Cobalt LTZ A/T 11.997,93; Lacetti CDX A/T 15.247,70;

Orlando LTZ A/T 16.816,97;

Malibu 2 LT A/T 28.571,64

va Captiva LT A/T 28.377,76 AQSh dollariga teng. 

gmuzbekistan.uz

 

Mavzuga oid