Light | 17:30 / 06.09.2017
30838
4 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Dunyoda o‘xshashi yo‘q eng noyob uy

Faqat tijoriy obektlar qurilishidagina shoshilish mumkin. O‘zingiz uchun uy-joy bunyod qilishda esa,  shoshilish maqsadga muvofiq emas, ayniqsa sahroda. U qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom etishi mumkin. Relef qancha murakkab bo‘lsa, shuncha yaxshi deb hisoblovchi me'mor Ken Kellog loyihasi bilan sahroda barpo etilgan uy qurilishi 20 yil davom etgan, biroq yakuniy natija shunga arzirli chiqqan. Trendymen ushbu uyning suratlari va u haqidagi ba'zi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Trendymen

Tashqi ko‘rinishidan noyob jonivorni eslatuvchi sahro hujrasi Janubiy Kaliforniyadagi Joshua Tree nomli joyda joylashgan.

Foto: Trendymen

Aynan shu yerda qo‘nim topish g‘oyasi 80-yillar oxirida shu yerdan 10 akr yerni qo‘lga kiritgan Beva va Jyey Dulitllarning xayoliga kelgan.

Foto: Trendymen

Ular o‘sha paytlar qurilish uchun loyiha izlayotib, murakkab landshaftda qurilishlarni loyihalashtirish bilan shug‘ullangan iste'dodli me'mor Ken Kellogga taklif yo‘llashgan.

Foto: Trendymen

Beva Dulitlning so‘zlariga ko‘ra, manzilga yetib kelgan me'mor bo‘lg‘usi qurilish uchun ilhom va material izlab, maydon bo‘ylab tog‘ echkisi kabi sakrab yurgan.

Foto: Trendymen

Tabiiyki, qurilish materiali sifatida u yerda juda ko‘p bo‘lgan tog‘ jinslaridan ham qisman foydalanilgan.

Foto: Trendymen

Bo‘lg‘usi uyning asosiy tuzilmaviy xususiyatlari uyni go‘yoki atrof-muhitdan niqoblovchi katta beton qovurg‘alardan iborat.

Foto: Trendymen

Kellogning loyihasi asl hindularning tarixiy qurilmalariga o‘xshab ketadi, ularning pueblo hujralari Amerika cho‘llari hududida keng tarqalgan bo‘lgan.

Foto: Trendymen

Sahro uyi yer sathidan balandda emas, u go‘yoki yer uzra yoyilgandek ko‘rinadi. Uy shovqindan yiroq landshaft bilan ajoyib uyg‘unlashgan.

Foto: Trendymen

Buyurtmachilar Ken Kellogga deyarli to‘liq erkinlik berib, vaqtga ham qaramay o‘z salohiyatini namoyish qilish imkonini yaratishgan.

Foto: Trendymen

Asosiy poydevorning qurilishi 1993 yilda tugallangan, ammo jalb qilingan dizayner Jon Vugrinning ishi yana ko‘p yillar davom etgan.

Foto: Trendymen

Kellog tomonidan yaratilgan konsepsiya intererlarda tabiiy yorug‘likning roli katta bo‘lishini ko‘zda tutgan. Dizayner ham bunday individual loyihani yaratishda uning fikrlari bilan hisoblashishiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Trendymen

Ulkan yog‘och arkalar, g‘aroyib stollar va buyurtma bo‘yicha ishlangan yoritgichlar bugunga qadar o‘xshashi bo‘lmagan noyob intererni shakllantirgan.

Foto: Trendymen

Dizaynning ajralmas qismiga aylangan tog‘ jinslari Sahro uyi mehmonlarining bir soniyaga ham qayerda ekanliklarini unutishlariga yo‘l qo‘ymaydi.

Foto: Trendymen

Yotoqxonadagi umuman yashirinib bo‘lmaydigan yorug‘lik nurlari har qanday soat qo‘ng‘irog‘idan yaxshi ish beradi.

Foto: Trendymen

Uy ko‘chib o‘tish uchun ancha oldin tayyor bo‘lganiga qaramay, Dulitllar unga 2000-yillar boshidagina ko‘chib o‘tishgan.

Foto: Trendymen

10 yildan keyin hozirda 66 va 71 yoshda bo‘lgan oilaviy juftlik uyga sarflanadigan xarajatlarini qisqartirmoqchi bo‘lishgan va uni 3 million dollarga sotuvga qo‘yishgan.

Foto: Trendymen

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh Milliy parki yaqinida joylashgan Sahro uyi hozirda xususiy dizayn-mehmonxona sifatida xizmat ko‘rsatmoqda.
 

Mavzuga oid