Sport | 11:59 / 08.09.2017
5204
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro paralimpiya qo‘mitasiga yangi prezident saylandi
Braziliyalik Endryu Parsons Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimiga saylandi.
Bu haqda XPQning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.
Qo‘mitaning yangi rahbari saylovlari XPQning Abu-Dabidagi bosh assambleyasida bo‘lib o‘tdi.
Parsons XPQ prezidenti lavozimida tashkilotni 16 yil davomida boshqargan Filip Kreyvenni almashtirdi.
Avvalroq Tokiodagi yozgi Paralimpiada-2020’da 537 ta medallar to‘plami o‘ynalishi xabar berilgandi.