Sport | 20:18 / 11.09.2017
14300
1 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» «Barselona»ga qarshi o‘yindan oldin muammolarga duch keldi

«Yuventus» himoyachisi Jorjo Kellini va hujumchisi Mario Mandjukich Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi 1-turida «Barselona»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda turinliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Jorjo Kellini Italiya terma jamoasining 1 sentabrdagi uchrashuvdan so‘ng jarohatini tiklash jarayonini o‘tayotgan bo‘lsa, Mandjukich A seriyaning uchinchi turida «Kevo»ga qarshi uchrashuvda (3:0) jarohat olib safdan chiqqan.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda shuningdek, Sami Xedira, Klaudio Markizio va Benedikt Hyovedes ham ishtirok eta olmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» — «Yuventus» jamoalari uchrashuvi 12 sentabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Mavzuga oid