Sport | 08:09 / 14.09.2017
7812
2 daqiqa o‘qiladi

Keyn: «Borussiya»ga faoliyatimdagi eng yaxshi golni urdim

Foto: Getty Images

«Tottenhem Hotspur» hujumchisi Harri Keyn YeChL guruh bosqichining 1-turi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechgan o‘yin (3:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Men yetakchi jamoalar fonida o‘zimni eng yaxshi tarafdan ko‘rsatishga harakat qilmoqdaman, hamda menga, albatta, dubl qayd etish juda yoqimli bo‘ldi. Biroq asosiysi – bu klubning g‘alabasi.

„Borussiya“ bilan o‘yindagi birinchi gol mening faoliyatimdagi eng yaxshilaridan biri. To‘p darvoza to‘riga borib tushayotganini ko‘rish yoqimli edi. Men juda muhim pallada gol urdim. Dortmundliklar endigina hisobni tenglashtirishgandi, hamda yana oldinga chiqib olganimiz zo‘r bo‘ldi.

Mening fikrimcha, biz ikkinchi bo‘limda haqiqiy profesionallar ekanligimizni ko‘rsatib berdik. „Borussiya“ni bir necha bor qarshi hujumlarda ushladik hamda, katta ehtimol bilan, barcha masalani vaqtliroq hal qilishimiz mumkin edi, biroq 3:1 ham – bu bizni qoniqtiradigan hisob», - deya Keynning so‘zlarini keltiradi UYeFA matbuot xizmati.

Mavzuga oid