Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 8,5 foizgacha pasaytirdi
Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 0,5 foizga – 8,5 foizga qadar pasaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda bank xabarida aytiladi.
«Direktorlar kengashining ta'kidlashicha, inflyatsiya 4 foizlik atrofda qolmoqda, iqtisodiyot esa o‘sishda davom etayapti. Qator tovarlar va xizmatlar narxining ijobiy dinamikasi fonida inflyatsion taxminlar pasayishi tiklandi, biroq ular hozircha pastki darajada mustahkamlanib qolmadi. Inflyatsiyaning maqsaddan oshishi bo‘yicha o‘rta muddatli xatarlar inflyatsiyaning pastga barqaror chetlashishi xatarlari ustidan yuqori turibdi», - deya ma'lum qilishgan Rossiya MBdan.
Shuningdek ta'kidlanishicha, bank inflyatsiyani 4 foizlik darajada ushlab turish uchun qat'iy pul-kredit siyosatini olib borishda davom etadi.