Turkiya Suriya bilan chegarasiga 80 ta zirhli transport vositasi yubordi
Turkiya Suriya bilan chegarasiga 80 ta zirhli transport vositasi yubordi. Zirhli texnika Turkiya shimoli-g‘arbidagi Lyuleburgaz tumanidan tortib kelinmoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Yenisafak nashrining ma'lum qilishicha, Turkiya Suriyaning Idlib viloyatidagi yana bir deeskalatsiya hududida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 25 ming askar yubormoqchi. Bu hudud yaratilishi haqida 15 sentabrda Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro muzokaralar vaqtida e'lon qilingandi.
Iyulda Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik Anqara kurdlar nazoratida bo‘lgan Suriyaning Afrin shahrida harbiy operatsiya o‘tkazishi mumkinligini, undan avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya Suriya shimolida kurd davlati barpo etilishiga yo‘q qo‘ymasligini aytgandilar.
Mavzuga oid
21:18 / 03.01.2025
Germaniya va Fransiya TIV rahbarlari Suriyaga bordi
14:40 / 03.01.2025
Suriya g‘arbida Asad tarafdorlariga qarshi operatsiya boshlandi
14:21 / 03.01.2025
JSST vakili: 15 milliondan ortiq suriyalik shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj
15:41 / 02.01.2025