BMT rohingya qochqinlariga yordam berishni faollashtirdi
BMT insonparvarlik tashkilotlari Myanmadan Bangladeshning Koks bozor mintaqasiga kirib kelayotgan rohingya musulmonlariga gumanitar yordamlarni faollashtirdi. BMT qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasi bu yerdagi faoliyatini kuchaytirishda davom etmoqda. Gumanitar tashkilotlar ma'lumotlariga ko‘ra, 25 avgustdan buyon Bangladeshga kelganlar soni 421 mingdan ortgan. Ularning soni har kuni 20 ming kishiga ortmoqda. Umuman, mamlakatda 600 mingga yaqin rohingyalar bor.
BMT qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasi matbuot kotibi Duni Aslam Xonning aytishicha, agentlik xodimlari Koks Bozor yaqinidagi Kutupalong qochqinlar lagerini kengaytirish ustida ish olib bormoqda.
Bangladesh hukumati shu maqsadda 810 gektar yer maydoni ajratgan. Bu yana 150 ming qochqinni joylashtirish imkonini beradi. Aslam Xonning qayd etishicha, yangi kelganlar sovqotishdan aziyat chekmoqda. Shu bilan birga ko‘p sonli insonlar bir joyda turib qolishi oqibatida turli kasalliklar kelib chiqishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Bangladesh hukumati qochqinlarni biometrik ro‘yxatdan o‘tkaza boshlagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham qochqinlarga tibbiy yordam berish bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirmoqda. Shifokorlar va tibbiy yordam ko‘rsatishni moliyalashtirish maqsadida moliyaviy mablag‘lar ajratgan.
"So‘nggi kunlarda JSST Bangladesh sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda 6 oylikdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ommaviy ravishda qizamiq, qizilcha va qoqsholga qarshi emlash bo‘yicha ish olib borayapti", — degan JSST matbuot kotibi Fadela Chaib. Uning so‘zlariga ko‘ra, Koks Bozorga yetib kelgan 380 mingdan ortiq qochqin to‘yib ovqatlanmaslik, suv, ruhiy muammolar va jarohatlar tufayli turli kasalliklardan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
20:22 / 27.12.2024
BMT Tojikiston tashabbusi bilan 2025 yilni Xalqaro muzliklarni asrash yili deb e’lon qildi
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024