Sport | 08:16 / 23.09.2017
12453
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. Kunning eng kutilmagan natijasi qayd etildi

Germaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv o‘tkazildi. Unda Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z uyida «Volfsburg»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Robert Levandovski va Aren Robbenning goli evaziga mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishgandi, biroq ikkinchi bo‘limda ularning xotirjamlikka berilishi natijasida avvaliga Maksimilian Arnold, keyinroq esa Daniel Didavining gollarini o‘tkazib yubordi va natijada uchrashuv durang bilan tugadi.

Ushbu natijadan keyin «Bavariya» ochkolari sonini 13taga yetkazib, «Borussiya» Dortmundga yetib oldi, biroq dortmundliklar o‘z o‘yinini endi o‘tkazishadi.

Germaniya bundesligasi, 6-tur

Bavariya – Volfsburg 2:2 (2:0)
Gollar:
 Levandovski (33, penalti), Robben (42) – Arnold (56), Didavi (83).
Bavariya: Ulrayx, Xummels, Boateng, Rafinya, Robben (Xames, 85), Kimmix, Rudi, Vidal (Tolisso, 63), Riberi (Koman, 85), Myuller, Levandovski.
Volfsburg: Kastels, Uduoxay, Tisseran, Itter, Villiam (Blashchikovski, 46), Arnold, Kamacho (Didavi, 73), Malli, Gilavogi, Verxag, Origi (Bazur, 85).
Ogohlantirishlar: Vidal (13), Tisseran (18), Villiam (25).

Mavzuga oid