Jahon | 09:10 / 25.09.2017
9589
1 daqiqa o‘qiladi
Eron AQShga eronliklarning kiritilmasligini haqorat deb qabul qildi
AQShga 8 ta davlat, jumladan Eron fuqarolarining kiritilishiga taqiqlov AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga nisbatan xolis emasligini ko‘rsatadi va avvalgi taqiqlovdan ham haqoratliroq hisoblanadi, deb aytdi Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif.
"Trampning eronliklarga soxta achinishi buyuk xalqqa qarshi yangi va yanada haqoratomuz taqiqlovning kiritilishi bilan yanada nosamimiy yangraydi", deb yozdi Zarif tvitterda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp 8 ta davlat fuqarolariga AQShga kirish taqiqlanishini e'lon qildi. Taqiqlov Chad, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Suriya, Venesuela va Yaman fuqarolariga taalluqli bo‘ladi.