Jahon | 09:00 / 26.09.2017
6311
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq Kurdistonidagi referendumda 3 300 000 dan ortiq kishi qatnashdi

Foto: Reuters

Iroqning Kurdiston muxtor viloyatida bo‘lib o‘tgan mustaqillik uchun umumxalq referendumida 3,3 mln kishidan ortiq saylovchi ishtirok etdi. Bu ma'lumotlarni muxtor viloyat Saylovlar va referendum bo‘yicha Oliy mustaqil saylov komissiyasi rasmiy vakili Shirvon Zarariy taqdim etdi, deb xabar qilmoqda Al Sumariya telekanali. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq Kurdistonida ro‘yxatdan o‘tgan kishilardan "ovoz berish jarayonida 3 305 925 kishi qatnashgan". Zarariyning qayd etishicha, "referendumda ishtirok etganlarning umumiy miqdori 72,16 foizni tashkil etgan".

Ayrim tumanlarda mustaqillik uchun referendumda ishtirok etgan saylovchilar soni 95 foizdan ortgani aytilmoqda. Aksariyat saylovchilar Iroq Kurdistoni va kurdlar istiqomat qilayotgan boshqa mintaqalar mustaqilligini yoqlab ovoz bergan. Biroq, hozircha, bu xabarlar rasman o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. 

Referendumning rasmiy natijasi 72 soat ichida e'lon qilinadi. 

Mavzuga oid