Jahon | 10:36 / 26.09.2017
5722
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq hukumati kurdlar bilan mustaqillik referendumi natijasini muhokama qilmaydi

Foto: Reuters

Bag‘dod hukumati Iroq Kurdistoni bilan mintaqaning mustaqillik bo‘yicha referendum natijasini muhokama qilmaydi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al Abadiy referendumning ilk natijalari ma'lum bo‘lganidan so‘nggi telemurojaatida bayonot berdi.  

“Biz referendum natijasini muhokama qilishga yoki u bo‘yicha bahs yuritishga tayyor emasmiz. Chunki u konstitutsiyaga ziddir”, - degan bosh vazir. Iroqning Al Arabiya telekanali hukumat rahbarining bayonotini namoyish etgan. 

Bosh vazirning ta'kidlashicha, Bag‘dod Iroqning barcha fuqarolarini, xususan, mamlakat shimoli va shimoli-sharqida istiqomat qiluvchilarni zo‘ravonliklardan muhofaza qila oladi. Uning qayd etishicha, ovoz berish chog‘ida “qalbakilashtirishlar, soxtalashtirishlar va fuqarolarga tayziq o‘tkazishlar” kuzatilgan. 

25 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumning so‘nggi natijasi 3 kun ichida ma'lum bo‘ladi. 

Mavzuga oid