Jahon | 08:45 / 01.10.2017
21733
1 daqiqa o‘qiladi

A380 samolyotining parvoz vaqtida dvigateli qoplamasi bo‘laklanib ketdi   

Foto: Airlive.net

Air France aviakompaniyasiga tegishli, dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti Airbus A380’ning parvoz vaqtida dvigateli qoplamasi bo‘laklanib ketdi. Bu haqda Airlive.net portali xabar bermoqda.   

Samolyot Parijdagi Ruassi–Sharl de Goll aeroportidan Los-Anjyelesga reys bajarayotgan bo‘lgan.

Samolyotning shikastlangan dvigateli surati va videosi yo‘lovchilar tomondan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi.

Nosozlik oqibatida Samolyot Kanadaning Gus Bey aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Foto: Airlive.net 

Airbus A380 keng fyuzelyajli ikki palubali, 4 dvigatelli reaktiv samolyot bo‘lib, u bortiga 853 yo‘lovchini olishga qodir va 15,4 ming km gacha masofaga qo‘nishsiz parvozlarni bajara oladi.

Mavzuga oid