O‘zbekiston | 20:00 / 03.10.2017
27732
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyevning O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 5-6 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«O‘zbekiston Prezidentining 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar», deyilgan xabarda. 

Davlat rahbarlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishadi. 

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishi kutilmoqda. 

Tashrif doirasida turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid