Jamiyat | 22:30 / 03.10.2017
16547
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtdagi "Orzu" savdo-ko‘ngilochar markazi o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Foto: MyDay

1 oktabr kuni Toshkent shahrining Zarafshon ko‘chasida joylashgan "Orzu" savdo-ko‘ngilochar markazi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. MyDay shu haqida xabar berdi. 

Majmua 4 yil davomida ish yuritdi. Uning rasmiy ochilish marosimi 2013 yilning 5 oktabrida bo‘lib o‘tgan. 

Ba'zi filiallar allaqachon o‘ziga yangi joy topib ulgurgan - mashhur Barbeque Burger "Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi tomonga ko‘chib o‘tmoqda, Greens esa Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazidan qo‘nim topdi. 

"Dizaynerlar xiyoboni", shuningdek boshqa do‘konlar hamda umumiy ovqatlanish bo‘limlarining taqdiri hozircha noma'lum. 

Ta'kidlash joizki, bundan avval bu maskanda Demir Group filiali faoliyat yuritgan. Joriy yilning sentabrida Davlat investitsiya qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimiyati va Turkiyaning Demir Group kompaniyasi o‘rtasida turizm sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangani haqida ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid