Jamiyat | 09:25 / 04.10.2017
4751
1 daqiqa o‘qiladi

Yahoo: 2013 yildagi xakerlik hujumi 3 mlrd foydalanuvchiga ta'sir ko‘rsatgan

Yahoo’ga 2013 yilda amalga oshirilgan xakerlik hujumi qamrab olgan foydalanuvchilar soni bir milliardni emas, 3 milliard foydalanuvchini tashkil qilgan. Bu haqda Yahoo’ga egalik qiluvchi Oath/Verizon kompaniyasi ma'lum qildi. 

"Yaqinda kompaniya yangi ma'lumotlar oldi va yollanma sud ekspertlari yordam bergan tergovdan keyin Yahoo’ning barcha foydalanuvchilari 2013 yil avgustida ma'lumotlar o‘g‘irlanishidan jabr ko‘rganlar, deb hisoblamoqda", deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, o‘g‘rilangan ma'lumot parollar, kredit kartalar yoki bank hisob raqamlari bo‘yicha ma'lumotlarni o‘z ichiga olmagan.

2016 yil dekabrida Yahoo 2013 yilgi xakerlik hujumi oqibatida xakerlar 1 mlrddan ko‘proq foydalanuvchining ma'lumotlarini o‘g‘irlagan bo‘lishlari mumkinligini ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid