Jahon | 11:00 / 06.10.2017
15622
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy AQShning koinotdagi yetakchiligiga raxna solishmoqda

© Fotolia / Andrey Armyagov

AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Amerikaning koinotni o‘zlashtirishdagi yetakchilik roliga Rossiya va Xitoy tomonidan raxna solinayotganini aytib o‘tdi, deb yozadi RIA Novosti.

«AQSh Xalqaro kosmik stansiyasiga bir astronavtni yetkazish uchun Rossiyaga 76 mln. dollardan ziyod mablag‘ to‘lamoqda, chunki bizda bu vazifani bajaruvchi apparatning o‘zi yo‘q. Razvedka xizmatlarining xabar qilishlaricha, Rossiya va Xitoy sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi texnologiyalarning keng spektrini ishlab chiqishmoqda, ular armiyamizning samaradorligiga tahdid soladi. Shu ikki misolning o‘ziyoq Amerika koinotda yetakchilikni qo‘ldan boy berganiga yaqqol misol bo‘la oladi», — deb yozgan Pens Wall Street Journal gazetasidagi o‘zining mualliflik maqolasida.

Maqola raisi Pensning o‘zi bo‘ladigan Amekrikaning Koinot bo‘yicha kengashining birinchi yig‘ilishiga bag‘ishlab chop etilgan va unga «Amerika Oyga qaytadi va undan ham nariga ham uchadi» deya sarlavha qo‘yilgan.

O‘z maqolasida vitse-prezident Vashingtonning koinotga oid ishlanmalarda raqobatchilaridan ortda qolmaslikka chaqirgan. Bu vazifani amalga oshirish uchun 25 yil muqaddam o‘z ishini to‘xtatgan Kengash qayta ish boshlaydi. Pensning umid qilishicha, organ AQSh siyosatining bu sohada ko‘proq ma'qullov va izchillikka erishishiga yo‘l ochadi.

Pens shuningdek, AQShning koinotni o‘zlashtirish dasturi haqida so‘zlab bergan. Unga ko‘ra, 1972 yildan buyon ilk bor Yer orbitasidan yiroqqa, birinchi navbatda Oyga, so‘ngra Marsga astronavt uchirish, shuningdek Yer oldi orbitasiga tijoriy parvozlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, hakerlar hujumiga qarshi turish uchun mudofaa texnologiyalarini takomillashtirish ham rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid