Jahon | 23:59 / 08.10.2017
17080
1 daqiqa o‘qiladi

"Hizbulloh" yetakchisi AQSh IShIDni to‘liq yakson qilishga to‘sqinlik qilayotganini aytdi

Foto: Morukc Umnaber/dpa

AQSh IShID yo‘q bo‘lishini istamayapti va jangarilarga o‘zining Suriyadagi Raqqa va Iordaniya chegarasidagi bazalari orqali yordam bermoqda, deb aytdi "Hizbulloh" shialar harakati yetakchisi Hasan Nasrulla.

"Faqat AQSh IShIDni butkul yo‘q qilishga yo‘l bermayapti", deb aytgan Nasrulla. 

"AQSh harbiy-havo kuchlari Suriya armiyasi va qarshilik ko‘rsatish guruhlariga IShID egallagan pozitsiyalarga borishni ta'minlamayapti", deb qo‘shimcha qilgan Nasrulla.

Mavzuga oid