Obamaning sobiq maslahatchisi Nobel mukofoti laureatiga aylandi
Shvetsiya davlat bankining 2017 yilgi Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan mukofoti amerikalik Richard Talerga «yurish-turish iqtisodiyoti sohasidagi tadqiqotlari uchun» berildi. Bu haqda dushanba kuni Qirollik Fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi ma'lum qildi.
Nobel qo‘mitasining ta'kidlashicha, Taler iqtisodiyot sohasida shaxsiy qarorlar qabul qilishning tahliliga psixologik va hissiy omillarni kiritgan. «Cheklangan ratsionallik, ijtimoiy afzalliklar va o‘zini tuta olmaslik oqibatlarini o‘rganib chiqqach, u bu insoniy xususiyatlar shaxsiy qarorlar, shuningdek, bozordagi vaziyatga qanday ta'sir qilishini ko‘rsatib berdi», - deya xabar qilingan qo‘mita saytida.
Taler «aqliy buxgalteriya» deb nomlanuvchi nazariyani ishlab chiqdi. U odamlar o‘zlari uchun moliyaviy qarorlarni qanday soddalashtirishini tushuntiradi. Olim, shuningdek, yo‘qotishlarga duch kelmaslikni istash, qanday qilib inson ko‘z o‘ngida u yoki bu buyumlarning qadrini oshirishini ko‘rsatib berdi. Taler bu hodisaga «mulk effekti» deb nom bergan.
Tadqiqotlarda olim, iste'molchilarning adolat tuyg‘usi, ma'lum bir mahsulot yoki xizmatlarga talab ortib borayotganiga qaramasdan, kompaniyalarni narxni oshirishni to‘xtatishga majbur qilishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Richard Taler 1945 yilda AQShda tug‘ilgan. Hozirda Chikago universitetida ishlaydi. U moliyaviy va iqtisodiy xulq-atvor sohasidagi nazariyotchi sifatida tanilgan. Olim AQSh prezidenti Barak Obamaning maslahatchilaridan biri edi.
Mukofot esa 1968 yilda Shvetsiya davlat banki tomonidan o‘zining 300 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. Bank har yili Nobel jamg‘armasiga bir Nobel mukofotiga teng bo‘lgan mablag‘ni ajratadi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024