MDH sammiti kengaytirilgan tarkibda davom etmoqda
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitining tor doiradagi uchrashuvi yakunlandi. Davlat rahbarlari muhokamalarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Majlisda Hamdo‘stlik mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinishi belgilangan. MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e'lon qilish haqida qaror, shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, 2018 yilda MDHga raislik qiladigan mamlakat masalasi ko‘rib chiqilib, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
18:28 / 06.12.2024
Qirg‘izistondagi shaharda barcha jamoat joylari bepul Wi-Fi bilan ta’minlandi
16:39 / 26.11.2024