Jamiyat | 07:51 / 12.10.2017
5343
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvan AQShning Qualcomm kompaniyasiga 773 million dollarlik jarima soldi

Tayvanning adolatli savdo bo‘yicha komissiyasi AQShning chipsetlar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasini 23,4 mlrd Tayvan dollariga (773 mln dollar) jarimaga tortdi. Kompaniya o‘z texnologiyalarini raqobatchilarga taqdim qilishni qonunga xilof holda cheklagan. 

Bu jarima Tayvan uchun rekord qiymat bo‘ldi.

Komissiyaning ta'kidlashicha, Qualcomm mikrosxemalar bozorining CDMA, WCDMA va LTE kabi tarmoqlarida monopolchi bo‘lgan. Komissiyaning baholashicha, kompaniya monopoliyaga qarshi qonunni kamida 7 yil buzib kelgan. U bu vaqt ichida mahalliy kompaniyalardan litsenziyalar va boshqa to‘lovlar ko‘rinishida 400 mlrd Tayvan dollari yig‘gan.

Kompaniya jarimani to‘lashdan tashqari, har olti oy komissiyaga jabrlangan tomonlar bilan olib borilayotgan muzokaralari haqida hisobot jo‘natib terishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid