Jahon | 17:20 / 15.10.2017
24436
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi saylovda davomat past

15 oktabr kuni Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovida mahalliy vaqt bilan soat 17:00 holatida, ro‘yxatga olingan 3 million 25 ming 902 saylovchidan 1 million 213 ming 803 nafari ishtirok etgan. Bu esa saylovda davomat 40,12 foizligini ko‘rsatadi.

Mamlakat Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari To‘lqinbek Abdig‘ulov bergan ma'lumotga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 16:00da saylovda qatnashgan fuqarolar umumiy saylovchilarning 35,8 foizga teng edi. Bir soat davomida ularning soni 5 foizga o‘sgan.

Ayni paytgacha O‘sh (52,8 foiz), Talos (45,75 foiz) va Bishkekda (45,05 foiz) ishlab turgan saylov uchastkalarida faollik kuzatilmoqda.

Bu vaqtda, Qirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasi atrofida hozircha nima maqsadda yig‘ilgani aniqlanmagan qirg‘izlar yurtdoshlaridan namoyishga qo‘shilishini so‘ramoqda. Rossiya TIV Axborot xizmati mazkur voqea yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Mavzuga oid